Ta’lim-korrupsiyadan xoli soha
2025-11-20 12:05:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumanida "Ta’lim-korrupsiyadan xoli soha" tashabbusi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi!
☄️ Bugun To‘rtko‘l tumanida barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Allabergenov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshliq`i o‘rinbosari podpolkovnik A.Pishiyev ishtirok etdi.
✔️ Yig‘ilishda ta’lim sohasidagi qonunbuzilish holatlari muhokama qilindi, javobgarlik masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
✔️ Shu bilan birga, "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusida tumandagi barcha maktab o‘quvchilari ishtirokida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov 6 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, turkman, qozoq hamda ingliz tillarida o‘tkazildi.
✅ Shuningdek, 5-7-sinflar o‘rtasida rasmlar tanlovi ham tashkil etildi. Barcha g‘oliblar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
📌 Bunday tadbirlar yosh avlodda halollik, adolat va qonunga hurmat ruhini shakllantiradi!







