Sportchi qizlar O‘zbekiston bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi
2025-11-19 14:50:00 / Yangiliklar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" asosida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi final bosqichida To‘rtko‘l tumani 2-sonli politexnikumining qizlar jamoasi sportning yengil atletika turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni va Abu Ali Ibn-Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining qizlar jamoasi voleybol sport turi bo‘yicha 1-o‘rinni egallashdi va keyingi O‘zbekiston bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.Keyingi bosqichda ham yuqori natijalarni egallashlarida sportilarga omadlar tilab qolamiz.



