Bugun muhim seminar-trening bo‘lib o‘tdi!
2025-08-04 09:00:00 / Yangiliklar
“2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli Qaror, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-son hamda 15-iyuldagi 441-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Seminarda huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsiz muhit yaratish va mahallalarda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va tajribalar almashildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga dolzarb masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi va samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

