Tadbirkor ayollarga – motivatsiya!
2025-08-02 08:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyatida tadbirkor ayollarga bag‘ishlab yuksak ruhda tashkil etilgan motivatsion seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar tadbirkor ayollarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirning bosh mehmoni – yurtimizda katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan, "Ayollar media" klubi direktori Mavluda Asqarxo‘jayeva hamda tajribali lider marketologlar.
Seminarda vohadagi tadbirkor ayollar uchun motivatorlar tomonidan kuchli motivatsiyalar berildi.

