Xalq qabulxonasida shahar hokimi Sharofiddin Lolayevning sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-05-22 09:00:00 / Yangiliklar
Termiz shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Sharofiddin Lolayev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va muddatlar belgilandi.
Sayyor qabulda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi mas’ullar ishtirok etib, fuqarolar murojaatlariga qonunchilik doirasida javob va tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha bunday qabullar muntazam ravishda davom ettiriladi

