Bayroq estafetasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2025-11-10 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida “Bayroq estafetasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida yurtimiz fuqarolarida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Estafetada nafaqat o‘quvchi-yoshlar va sportchilar, balki turli soha vakillari hamda keng jamoatchilik — Termiz shahri aholisi faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar davlat ramzimiz — muqaddas bayrog‘imizni baland ko‘targan holda shahar ko‘chalari bo‘ylab otlarda, avtomashinalarda va piyoda yurishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tarixi, uning ramziy ma’nosi va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar bayrog‘imizni e’zozlash, uni Vatan, tinchlik va mustaqillik timsoli sifatida qadrlash zarurligini alohida ta’kidladilar.
Mazkur “Bayroq estafetasi” Termiz shahrida katta bayramona ruhda o‘tdi va unda xalqimizning yurt ramzlariga bo‘lgan cheksiz hurmati, milliy faxr va birlik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ldi.

