YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT: IQTIDOR VA KITOBXONLIK E’TIBORDA
2026-11-05 15:55:00 / Yangiliklar
Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Behbudiy nomidagi Polyglot xalqaro maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda o‘quvchilarning ta’lim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Tuman hokimi yoshlar bilan suhbat davomida ularning fikr va takliflarini tinglab, bilim olish, izlanish va doimiy o‘z ustida ishlash muvaffaqiyat kaliti ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida maktabning bilimga chanqoq, iqtidorli va faol o‘quvchilariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.









