Tuman prokurori Ulug‘bek Oqbutayevning toyloqliklarga MUROJAATI
2026-10-09 11:25:00 / MUROJAAT

Assalomu alaykum!
Hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda o‘lkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, halqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Bugungi kunda jamiyatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash har birimizning umumiy burchimiz hisoblanadi.
Ayni vaqtda Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan
har oy yakuni bo‘yicha ananaviy profilaktik ogohlantiruv murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Mazkur murojaatdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tumanimiz aholisini hududdagi kriminogen vaziyat haqida xabardor qilish, fuqarlarni turli jinoyatlardan ogoh etish hamda ularning
jinoyatdan jabrlanishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlaridan iborat.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oyida tuman hududida jami
2026 yilning 3-choragida tumanda 317 ta jinoyatlar hisobga olinib, uning 31,5 foizi yoki 100 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni, shundan 58 tasi (58 foizi) mahallada oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil qildi.
Ko‘rilgan chora – tadbirlar natijasida 2025 yilning mos davriga nisbatan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamayib, tumandagi mahallalarning 18 tasida jinoyat sodir etilmadi.
Shuningdek, 2025 yilda “qizil” toifada bo‘lgan 5 ta mahallalarning barchasida kriminogen vaziyat qisman yaxshilanib, “sariq” toifaga o‘tkazilgan.
Tuman hududidagi kriminogen vaziyat yuzasidan aholini Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga tashvishga soladigan va keng muhokamalarga sabab bo‘ladigan qotillik jinoyati 2025 yilning
3-choragiga nisbatan 100 foizga, o‘g‘irlik 58,6 yo‘l transport hodisasi 62,8 va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi 28,6 foizga kamaydi.
Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar jinoyati 75, guruhlar 80, yoshlar jinoyati 60,6 va ayollar jinoyati 40 foizga pasaydi.
Bundan tashqari, mahallalarida kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida joriy yilning 3 - choragida tumanda 10 ta “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 10 ta “Namunaviy xavfsiz uy” tashkil qilinib, mahallalarga 38 ta videokuzatuv, 4 ta PTZ, 22 ta yuz va avtoraqamni tanib oluvchi kameralar, 10 ta domofon komplekslari o‘rnatildi.
Tuman IIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi tomonidan jami 80 ta aholi xonadonlari hamda 15 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari texnik qo‘riqlovga olinib, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga 4 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi.
Natijada, o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda yurgan 2 nafar shaxs ushlandi, jazodan bo‘yin tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 3 nafar shaxslarga choralar ko‘rildi, hamda 5 ta jinoyatlar fosh etildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2025 yil va joriy yilning 3 choragida hisobga olingan jinoyatlarning qariyb yarmi 130 tasini axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir qilingan jinoyatlar tashkil qildi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik kabi o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmadi.
Aziz tumandoshlar, so‘nggi yillarda kiberjinoyatlar ko‘payib borayotgani barchamizda xushyorlikni yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari, soxta SMS xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on e’lonlar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga urinmoqda.
Plastik kartangizga oid parollar, SMS kodlar yoki maxfiy ma’lumotlarni hech kimga aytmang. Bunday ma’lumotlarni faqat firiyugarlar so‘raydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sudga chaqiruv”, “Mib jarimasi”, “Sening surating”, “ARK ilova yuklab oling” kabi turli yolg‘on xabarlar orqali fuqarolarni aldash holatlari ko‘paymoqda.
Ba’zi shaxslar o‘zlarini bank, davlat organlari yoki to‘lov tashkilotlari xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib, bank kartalaridan pul mablag‘larini yechi bolish yoki ularning nomiga kredit rasmiylashtirib olish holatlari ham uchramoqda.
Agar sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, bank kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotingiz so‘ralsa, darhol bankning rasmiy ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, holatga aniqlik kiriting.
Aziz tumandoshlar!
Agar barchamiz birgalikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashsak, tumanimizni, eng
avvalo mahallalarimizni jinoyatdan holi, tinch va xavfsiz hududga aylantirishimiz shubxasiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
