Toyloqda Istiqlol shodiyonasi: bayramona gala-konsert
2026-08-29 22:00:00 / Yangiliklar

Toyloqda Istiqlol shodiyonasi: bayramona gala-konsert
Toyloq tumanida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday ko‘tarinki kayfiyatdagi tadbirlardan biri — Istiqlol shodiyonalariga bag‘ishlangan gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, jamoatchilik faollari hamda ko‘plab toyloqliklar ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni va barcha toyloqliklarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng bayramona gala-konsert dasturiga start berildi. Xushovoz xonandalar va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, jo‘shqin chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Xususan, Alisher Fayz, Safiya Sattorova va Nodirbek Shomirzayevning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.
Unutilmas taassurotlarga boy kecha istiqlol shodiyonalariga munosib yakun bo‘ldi.




