JUDO BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATIDA TOYLOQ OPSTTM SPORTCHISIDAN KUMUSH MEDAL!
2026-08-25 10:10:00 / Yangiliklar

Ekvador mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati yakuniga yetdi.
Musobaqaning -90 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan, Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchisi Eshpo‘latov Jo‘rabek finalgacha muvaffaqiyatli yetib borib, Jahon chempionatining kumush medaliga 🥈 sazovor bo‘ldi!
🔥 Sportchimizning ushbu yutug‘i — uning tinimsiz mehnati, kuchli irodasi, matonati va ustozlari bergan bilim hamda tarbiyaning yorqin samarasidir.
🇺🇿 O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatini 6 ta medal — 1 ta oltin 🥇, 1 ta kumush 🥈 va 4 ta bronza 🥉 bilan yakunlab, 60 davlat orasida TOP-3dan joy oldi.
👏 Eshpo‘latov Jo‘rabekni, uning murabbiylari va ustozlarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
🏆 Toyloq OPSTTM — dzyudo bo‘yicha jahon maydonida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yoshlar maskani!


