Uzunqishloq mahallasida yoshlar bilan uchrashuv
2026-08-20 17:30:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ishga joylashish, kasb-hunar va o‘quv kurslarini tashkil etish, mahallada sport maydonchasini barpo etish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Bildirilgan taklif va murojaatlarni joyida o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini tizimli hal etish va yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida tuman hokimi badiiy kitoblar sovg‘a qildi.







