Yoshlar murojaatlari — e’tibor markazida
2026-08-20 16:45:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tegishli mas’ullar ishtirokida Chorbog‘tepa mahallasida bo‘lib, otaliqqa olingan yoshlardan biri O. Mahmudov xonadonini borib ko‘rdi.

Uchrashuv davomida xonadonning yashash sharoitlari yaqindan o‘rganilib, oilaning kundalik hayoti, mavjud muammolari hamda ehtiyojlariga e’tibor qaratildi. O. Mahmudovning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



