Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Adas mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal ketmoqda
2026-08-19 09:05:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda har bir hududni obod qilish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va eng ulug‘, eng aziz ayyom — istiqlolimizning qutlug‘ 35 yillik shodiyonasiga munosib tayyorgarlik ko‘rish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, tuman hokimi Adas mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, shuningdek, mahalla minosi hamda Shoxkash qishlog‘i guzari qurilishining borishi bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. Xususan, aholi uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va hududni yanada ko‘rkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









