Profilaktika ishlari va obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-18 17:20:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev profilaktika inspektorlari hamda mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning borishi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallalarda olib borilayotgan profilaktika ishlari, aholi bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda mas’ullarga mahallalarda tartib-intizomni mustahkamlash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi murojaatlari bilan samarali ishlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.









