Tuman hokimi navbahorlik yoshlar murojaatini joyiga borib o‘rgandi
2026-07-28 15:10:00 / Yangiliklar

Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev Navbahor mahallasining Dehqonobod qishlog‘ida bo‘lib, mahalla yoshlari tomonidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Hududdagi stadionning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur sport maydonini qayta tiklash, uni zamonaviy talablar asosida ta’mirlash hamda mahalla yoshlari uchun doimiy foydalaniladigan sport maskaniga aylantirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi. Mas’ullarga stadionni qisqa muddatlarda foydalanishga tayyorlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi Dehqonobod qishlog‘i ko‘chalarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda infratuzilmani tartibga keltirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.
Qishloq faollari bilan o‘tkazilgan samimiy muloqotda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, umumxalq hasharlarini samarali tashkil etish hamda aholi va yoshlarning bu jarayonlardagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.





