O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Ikramov Adxam Ilxamovich Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurib sport infratuzilmasini yaxshilash va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
2026-07-23 17:20:00 / Yangiliklar

Tanishish jarayonida sportchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlarining olib borilishi, jihozlardan foydalanish holati, sport zallari, o‘quvchilar yotoqxonasi, sport maydonchalaridan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.
Vazir sportchi-yoshlar, murabbiylar bilan uchrashib, ularning taklif va fikrlari bilan qiziqdi.
Markazda faoliyat olib borayotgan trenerlar masʼuliyatini oshirish bo‘yicha bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Kelgusida “Prezident olimpiadasi” va nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozimligi taʼkidlandi.
Infratuzilmalarni yanada yaxshilash sportchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas'ullarga zarur ko'rsatmalar vazifalar bilgilab berildi








