17-maktab jamoasiga 200 million so‘m vaucheri topshirildi
2026-07-23 12:40:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev jamoa a’zolarini ushbu yuksak natija bilan tabriklab, ularga 200 million so‘m miqdoridagi vaucherni topshirdi.
Ta’kidlanganidek, bu yutuq nafaqat 17-maktab jamoasi, balki Samarqand viloyati va butun O‘zbekiston sharafi uchun qo‘lga kiritilgan katta muvaffaqiyatdir. Yoshlarning xalqaro maydondagi bunday natijalari yurtimizda ta’lim, sport va yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir.
Viloyat hokimi jamoa a’zolariga kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tilab, navbatdagi musobaqalarda yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga chaqirdi. Bunday yutuqlar uchun beriladigan rag‘bat va mukofotlar kelgusida yanada ortib borishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi nuroniylar hamda ota-onalar bilan ham suhbatlashib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, farzandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida to‘xtaldi.






