Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2026-07-17 11:05:00 / Yangiliklar
Bugun Toyloq tuman hokimligi hamda tumandagi "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" komissiyasi tashabbusi bilan oila mustahkamligini ta’minlash, farzandlar tarbiyasi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda oilada sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, farzandlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ota-onalarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda jamiyatda oila institutini mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.









