Dala chetlaridan samarali foydalanish — muhim vazifa
2026-08-11 20:30:00 / Yangiliklar

Toyloq tumanidagi “Bexruz Maqsad dalasi” fermer xo‘jaligida PQ-322-son qarori ijrosini ta’minlash, dala chetlaridan samarali foydalanish hamda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida yengil konstruksiyali molxona barpo etildi.
Ushbu jarayonni amaliy jihatdan ko‘rsatish maqsadida fermer xo‘jaligida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, agrofirmalar fermer xo‘jaliklari raislari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi.
Seminar davomida dala chetlaridan samarali foydalanish, chorvachilik yo‘nalishini kengaytirish, yengil konstruksiyali inshootlarni barpo etish va ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga mazkur tajribani boshqa fermer xo‘jaliklarida ham keng joriy etish, belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.









