Tuman prokurori Ulug‘bek Oqbutayevning toyloqliklarga MUROJAATI
2026-08-05 15:20:00 / MUROJAAT

Assalomu alaykum!
Hurmatli tumandoshlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda o‘lkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, halqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Bugungi kunda jamiyatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash har birimizning umumiy burchimiz hisoblanadi.
Ayni vaqtda Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan
har oy yakuni bo‘yicha ananaviy profilaktik ogohlantiruv murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Mazkur murojaatdan ko‘zlangan asosiy maqsad - tumanimiz aholisini hududdagi kriminogen vaziyat haqida xabardor qilish, fuqarlarni turli jinoyatlardan ogoh etish hamda ularning
jinoyatdan jabrlanishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlaridan iborat.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan 7 oyida tuman hududida jami
280 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 20 ta yo‘l transport xodisa bilan bog‘liq, 11 ta o‘g‘rilik, 12 ta firibgarlik, 6 ta yengil tan jarohati yetkazish, 3 tadan talonchilik, o‘rtacha tan jarohati yetkazish, 2 ta oilaviy zo‘ravonlik va qolganlari boshqa jinoyatlarni tashkil etgan.
Ushbu jinoyatlarning 77 tasi oldi olinishi lozim bo‘lgan,
78 tasi aniqlanadigan va 125 tasi kiber jinoyatlarni tashkil etdi.
Joriy yilning iyul oyida oldini olish mumkin bo‘lgan eng ko‘p jinoyatlar tumandagi “Bog‘ichinor, Tarraqiyot va Baxshitepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida sodir bo‘lgan.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik kabi o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmadi.
Aziz tumandoshlar, so‘nggi yillarda kiberjinoyatlar ko‘payib borayotgani barchamizda xushyorlikni yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari, soxta SMS xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on e’lonlar orqali fuqarolarning ishonchidan foydalanishga urinmoqda.
Plastik kartangizga oid parollar, SMS kodlar yoki maxfiy ma’lumotlarni hech kimga aytmang. Bunday ma’lumotlarni faqat firiyugarlar so‘raydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sudga chaqiruv”, “Mib jarimasi”, “Sening surating”, “ARK ilova yuklab oling” kabi turli yolg‘on xabarlar orqali fuqarolarni aldash holatlari ko‘paymoqda.
Ba’zi shaxslar o‘zlarini bank, davlat organlari yoki to‘lov tashkilotlari xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib, bank kartalaridan pul mablag‘larini yechi bolish yoki ularning nomiga kredit rasmiylashtirib olish holatlari ham uchramoqda.
Agar sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, bank kartangiz yoki shaxsiy ma’lumotingiz so‘ralsa, darhol bankning rasmiy ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, holatga aniqlik kiriting.
Aziz tumandoshlar!
Agar barchamiz birgalikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashsak, tumanimizni, eng
avvalo mahallalarimizni jinoyatdan holi, tinch va xavfsiz hududga aylantirishimiz shubxasiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
