Mustaqillik bayrami oldidan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-29 18:40:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami hamda “Bilimlar kuni” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, bayram tadbirlari davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etib, hududlarda xavfsizlikni kuchaytirish, ta’lim muassasalari, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar hamda aholi gavjum maskanlarda profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, terrorchilik va boshqa salbiy holatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, Mustaqillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” tadbirlarini xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.






