Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlari
2026-07-24 10:00:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlari
Toyloq tuman Tibbiyot birlashmasi binosida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda uning jamiyatdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirida Samarqand viloyat sudining sudyasi Z.Ibragimov va jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining raisi X.Aminov, Toyloq tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqan Samarqand viloyat sudining sudyasi Z.Ibragimov va jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining raisi X.Aminovlar tomonidan O‘RQ-1155-sonli Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kiritilgan yangi normalar, javobgarlik choralarining kuchaytirilishi va qonunning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida korrupsiya oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri fuqarolarda huquqiy madaniyat va ogohlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qonun bilan belgilangan talab va majburiyatlarga rioya etishning ahamiyati, korrupsiya jinoyatlarning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.





