Tuman hokimi tomonidan navbatdagi tadbirkorlar va fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-07-15 11:30:00 / Yangiliklar
Mazkur qabulda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ham ishtirok etib, murojaatlar bilan kelgan fuqarolar hamda tadbirkorlarning muammolari tinglandi.

Qabul jarayonida, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar tomonidan berilgan savollar, moddiy yordam ajratish tartibi, huquqiy maslahatlar hamda turli oilaviy masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning qonuniy va ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.









