Fuqarolar murojaatlari e'tibor markazida
2026-07-13 11:40:00 / Yangiliklar

Toyloq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Adham Sharipov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan moliya-iqtisodiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta'minlash, kredit ajratish, ijtimoiy yordam hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.


