Taraqqiyot mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-11 16:20:00 / Yangiliklar
Toyloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Behzod Raxmatullayev tomonidan Taraqqiyot mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, moddiy yordam ajratish hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar ijroga olinib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar berildi.









