Toyloqlik yoshlar tantanali kutib olindi
2026-07-06 09:30:00 / Yangiliklar

Bugun musobaqa g‘oliblari Samarqand temir yo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, faol yoshlar, ta’lim sohasi mas’ullari hamda madaniyat xodimlari ishtirok etib, yoshlarning xalqaro maydondagi yuksak natijasini e’tirof etdilar.
Tadbir davomida musobaqa ishtirokchilari Qabala shahrida kechgan bahslar, sinovlarning murakkabligi, xalqaro jamoalar o‘rtasidagi do‘stona muhit hamda erishilgan muvaffaqiyat taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular mazkur natija ortida ustozlar mehnati, puxta tayyorgarlik va jamoaviy hamjihatlik mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.
Toyloqlik yoshlarning ushbu yutug‘i nafaqat tuman, balki butun mamlakatimiz yoshlari uchun faxr va g‘urur manbai bo‘lib, kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishga ilhom bag‘ishlaydi.






