Bugun "Yoshlar markazi" yoshlar bilan gavjum bo'ldi
2026-07-02 16:50:00 / Yangiliklar
Bunga tuman hokimi Behzod Rahmatullayevning yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazgani sabab bo'ldi.

Uchrashuv davomida faol va tashabbuskor yoshlar o'zlarining innovatsion loyiha va g'oyalarini taqdim etdilar.
Tuman hokimi taqdim etilgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, ularning mazmuni, amaliy ahamiyati hamda hudud rivojiga qo'shishi mumkin bo'lgan hissasini alohida e'tirof etdi.
Shuningdek, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish, ularni qo'llab-quvvatlash va amalga oshirish bo'yicha mas'ul tashkilot hamda mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv samimiy ruhda o'tib, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.









