21-maktab o‘quvchilari bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi
2026-07-02 14:30:00 / Yangiliklar
Mazkur uchrashuv 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasining "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani hamda Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishi munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi o‘quvchilarni erishilgan yutuq bilan samimiy tabriklab, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, bor e’tibor va kuch-g‘ayratni ilm olishga qaratish, har bir daqiqani samarali o‘tkazish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘quvchilarga Respublika bosqichida ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, faxrli o‘rinlar bilan qaytishlariga ishonch bildirdi. U o‘z tashabbusi bilan musobaqadan so‘ng o‘quvchilarni ota-onalari bilan birgalikda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga yuborish uchun yo‘llanma taqdim etilishini ma’lum qildi.
Bunday e’tibor va rag‘bat yoshlarni yanada ulkan marralar sari ilhomlantiradi.









