Navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2026-06-23 10:30:00 / Yangiliklar
Yig‘ilish tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori U. Oqbo‘tayev hamda tuman IIB boshlig‘i E. Raxmatov rahbarligida o‘tkazildi.

Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan bog‘liq qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xususan, tumandagi ko‘p qavatli uylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, g‘alla o‘rim-yig‘im tadbirlarining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sayyor qabullarda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, ijro intizomini mustahkamlash, og‘ir toifadagi yoshlar hamda nogironligi bor fuqarolar bilan tizimli ishlash, yashil makon loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar parvarishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Masʼullarga vazifalar berildi ijrosi nazoratga olindi.





