Hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va takroriy ekinlarni joylashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-20 18:20:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi tomonidan hududlarda g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib-terib olish ishlari yuzasidan agrofirma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu munosabat bilan “Baxshitepa” agrofirmasida bo‘lib, o‘rim jarayonlari joyida o‘rganildi. Muloqot davomida hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish, yerlarni tezkor ravishda qayta ekinga tayyorlash hamda mavjud texnika va ishchi kuchidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, agrofirma hududida g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarda allaqachon ikkinchi ekin ekish ishlari boshlab yuborilgan.
Tuman hokimi barcha hududlarda ham ana shunday tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, o‘rim-yig‘im va takroriy ekin ekish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yukladi.




