Hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va takroriy ekinlarni joylashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-20 11:50:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan “Baxshitepa” agrofirmasida bo‘lib, o‘rim-yig‘im jarayonlari joyida o‘rganildi. Mutasaddilar bilan muloqot davomida hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish, yerlarni tezkor ravishda qayta ekinga tayyorlash hamda mavjud texnika va ishchi kuchidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, agrofirma hududida g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarda allaqachon ikkinchi ekin ekish ishlari boshlab yuborilgan. Bu esa yer unumdorligidan samarali foydalanish va qo‘shimcha hosil olish imkonini yaratmoqda.
Tuman hokimi barcha hududlarda ham ana shunday tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, o‘rim-yig‘im va takroriy ekin ekish jarayonlarini belgilangan muddatlarda tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yukladi.





