Toyloq tumanida giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
2026-06-20 17:50:00 / Yangiliklar

Mazkur targ‘ibot tadbirida jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining raisi X.Aminov, tuman IIB xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan O‘RQ-1151-sonli Qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish sohasida kiritilgan yangi normalar, javobgarlik choralarining kuchaytirilishi va qonunning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularda huquqiy madaniyat va ogohlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qonun bilan belgilangan talab va majburiyatlarga rioya etishning ahamiyati, narkojinoyatlarning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.



