Tuman hokimi o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan tanishdi
2026-06-18 16:30:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev hamda tuman IIB boshlig‘i E.Raxmatov hududdagi qishloq xo‘jaligi ishlari, xususan, g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Baxshitepa va Bog‘izog‘on agrofirmalarida bo‘ldi.

Dalalardagi mavsumiy ishlarning borishi, texnikalarning samaradorligi hamda hosilni qisqa muddatda va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Xususan, agrofirma dalalalarida kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari uzluksiz faoliyat olib borayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilar tomonidan o‘rim-yig‘im ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, hosilni sifatli saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi fermerlar va agrofirma rahbarlari bilan suhbatlashib, mavjud muammolar, hosildorlikni yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.






