Tuman hokimi koreyalik investorlarni qabul qildi
2026-06-18 16:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda hududda investitsion hamkorlikni kengaytirish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish hamda ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, polietilen mahsulotlari va kosmetika vositalari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi yirik koreyalik tadbirkorlar bilan samarali suhbat olib borildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida koreyalik investorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimoti ham o‘tkazildi. Mehmonlar o‘z korxonalarining faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari va xalqaro bozorlardagi tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdilar.




