Toyloqda DXX kubogi qizg‘in bahs va hayajonlarga boy bo‘ldi
2026-06-04 18:00:00 / Yangiliklar

Finalda Yangihayot mahallasi hamda O‘rtaqishloq mahallasi futbol jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.Murosasiz va keskin kurashlar ostida kechgan bahs davomida har ikki jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Uchrashuvning asosiy daqiqalarida mahorat va jamoaviy o‘yin namoyish etgan Yangi hayot mahallasi yoshlari raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning tuman bosqichi g‘olibiga aylanishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi ta’kidlandi.
DXX kubogi doirasida tashkil etilayotgan bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbol sport turini yanada ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









