Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev yaponiyalik investorlar delegatsiyasini qabul qildi.
2026-04-27 10:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida tumanda chorvachilik va sabzavotchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, uchrashuvda investitsion loyihalarni amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish va mahalliy aholi daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





