Samarqand viloyati hokimi Toyloq tumanida bo‘ldi
2026-02-04 20:30:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi tumanning “qizil mahalla” toifaga kiritilgan Talliota mahallasidagi asosiy drayver yo‘nalish hisoblangan ko‘chatchilik va issiqxona xo‘jaliklarini ko`zdan kechirdi.
Jumladan, Saidamir Akilov xonadonida tashkil etilgan 10 sotixli issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar va olinayotgan daromadlar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari mahalladagi Muhammad A’lamov xonadonida issiqxona hamda qo`shimcha daromad manbai hisoblangan naslli qo'ylarni boqish jarayoni bilan tanishdi. Ayni paytda ushbu issiqxonada sabzi urug‘lari qadalgani, kelgusida olinishi rejalashtirilgan hosil va daromadlar yuzasidan axborot berildi.
O‘rganish davomida viloyat va tuman mas'ullari mahalladagi 98 yoshli Fazliddin ota Shodiyev holidan xabar oldi hamda Hasanboy Ostonov xonadonidagi sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, viloyat rahbari mahalla markazida mahalla faollari va nuroniylar hamda tuman mas'ullari bilan uchrashuv o‘tkazib, hududdagi mavjud shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.









