Issiqxonachilikdan barqaror daromad va samarali tajriba
2026-01-13 10:50:00 / Yangiliklar
Toyloq tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda faoliyat yuritayotgan 9 ta fermer xo‘jaligi issiqxonachilik yo‘nalishida barqaror tajriba to‘plab, yuqori iqtisodiy natijalarga erishib kelmoqda.

Mazkur fermer xo‘jaliklari tomonidan zamonaviy issiqxonalarda pomidor, bodiring, sabzi, bulg‘or qalampiri hamda boshqa turdagi sabzavotlar yetishtirilmoqda. Ilg‘or agrotexnologiyalar, samarali suv tejamkor usullar va sifatli urug‘lardan foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda. Natijada, har bir gektar issiqxona maydonidan o‘rtacha 700–800 million so‘m atrofida daromad olinayotgani sohaning iqtisodiy jihatdan jozibador ekanini yaqqol namoyon etmoqda.
Issiqxonachilik faoliyati nafaqat fermerlarning daromadini oshirish, balki aholini yil davomida sifatli va arzon sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratilib, qishloq joylarda tadbirkorlik muhiti yanada mustahkamlanmoqda. Kelgusida ushbu yo‘nalishni kengaytirish orqali Toyloq tumanining qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada yuksaltirish rejalashtirilgan.