Hokimiyat haqida

Taxtako‘pir tumani haqida qisqacha ma’lumot
Taxtako‘pir tumani Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, tuman 1965 yil 29 dekabrda tashkil etilgan.
Tuman g‘arbdan Qorao‘zak tumani, shimoli-g‘arbdan Mo‘ynoq tumani, shimoli-sharq va shimoldan Qozog‘iston Respublikasi, shimoli-janubdan Ellikqal’a tumani va shimoldan Beruniy tumani bilan chegaradosh.
Tumanning maydoni 21, 12 ming kv.km. Tumanda 1 shaharcha, 8 mahalla va 8 qishloq fuqarolar yig‘ini (Taxtako‘pir, Mustaqillik, Aydinjol, Davr, Qorao‘y, O‘zbekiston, Mulk, Dovutsoy, Yangidaryo, Marjonko‘l, Qo‘ng‘irotko‘l, Taxtako‘pir, Davqara, Qorateran, Beltov, Otaqo‘l, Qo‘shtruba) bor. Tuman markazi - Taxtako‘pir shaharchasi.
2018-yilning 1-iyul holatiga tuman aholisi soni 39,8 ming kishini tashkil etadi. Shundan 16,7 ming kishi shaharda, 23,1 ming kishi qishloqda yashaydi.
Ob-havo: yozda quruq va issiq. Qishda sovuq, ob-havo o‘zgaruvchan.
Tuman xo‘jaliklari "Quvonch yorma" kanalidan suv oladi. Bu kanaldan Ibrohim o‘zak, Timpiy, Bo‘z ariq, Jilvon va Badrak xo‘jaliklararo ariqlar tarqalgan.
Tuman markazidan Nukus shahri va boshqa tuman xo‘jaliklari bilan asfaltlangan yo‘l aloqasi bor.
Tuman markazidan Nukus shahri va boshqa tuman xo‘jaliklari bilan asfaltlangan yo‘l aloqasi bor.
