Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida sport maydonchalari barpo etilmoqda
2025-08-18 19:55:00 / Yangiliklar

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida sport maydonchalari barpo etilmoqda.
Taxtako‘pir tumanida joriy yilning birinchi yarmida "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida ovoz berish yo‘li bilan g‘olib deb topilgan takliflar asosida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Xususan, tumandagi "Dáwir" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 5-sonli maktab binosi yonida yopiq turdagi barcha qulayliklarga ega kichik futbol maydoni hamda ochiq maydonda voleybol va basketbol maydonchalari barpo etilmoqda.
Ushbu sport inshootlari maktab o‘quvchilari va hududdagi uyushmagan yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda mahallada sportni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Ta’kidlash joizki, umumiy qiymati 1 mlrd. 199,4 mln. so‘m bo‘lgan ushbu loyiha qurilishi "Profil-Taxiatosh" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.




