"Tadbirkor ayol" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2025-07-29 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar harakati O‘zLiDeP Taxtako‘pir tumani Kengashi hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida "Tadbirkor ayol" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning maqsadi xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni keng yoyish maqsadida ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordamlar ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov natijasida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirok etayotgan tadbirkor ayollarning o‘z mahsulotlari ko‘rgazmalari ko‘rib chiqildi. Natijada faxrli 1-o‘rinni "Taxtako‘pir" posyolka fuqarolar yig‘inidan hunarmand Allambergenova Shamsiya, 2-o‘rinni "Ǵárezsizlik" mahalla fuqarolar yig‘inidan yakka tadbirkor Zivatdinova Aynura, 3-o‘rinni " Dáwqara" ovul fuqarolar yig‘inidan Bekturganova Rozalar egalladi.
Tanlov g‘oliblariga Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi va 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.





