Davlat xavfsizlik xizmati kubogi g‘oliblari taqdirlandi
2025-06-02 13:05:00 / Yangiliklar

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi g‘oliblari taqdirlandi
Joriy yilning 31-may kuni Taxtako‘pir tumanida sportning futbol va kichik futbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi J.Adilov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi xodimlari, muassasa tashkilot rahbarlari va sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash kechasida so‘zga chiqqanlar g‘oliblarni tabriklab, ushbu tadbirlar mahallalardagi yoshlarning salomatligini oshirish, yoshlarimizni ommaviy tarzda sportga jalb etish maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidladi va eng chaqqon, eng kuchli deb topilgan jamoalar munosib taqdirlandi.
Tadbir tuman Madaniyat bo‘limi va Qoraqalpoq estrada yulduzlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.









