Bugun Taxtako‘pir tumani "Davr" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-05-11 17:25:00 / Yangiliklar

Bugun Taxtako‘pir tumani "Davr" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq demokratik partiyasi Taxtako‘pir tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Q. Jaliev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi I. Abdijamilov, maktab pedagog jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda yoshlarga yurtimizda mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish, yot g‘oyalar va turli salbiy oqimlarga qarshi kurashish borasida tavsiyalar berildi. Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarning savollariga mutasaddi rahbarlar tomonidan batafsil javoblar berildi.





