Nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida
2025-05-16 10:35:00 / Yangiliklar
Nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida

Nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida
Taxtako‘pir tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova, "Ibratli ayollar" guruhi rahbari K.Baymurzayeva, mahalliy deputatlar va yoshlar bilan birgalikda "Qoraoy" OFY hududida yashab, uzoq yillar davomida turli sohalarda fidokorona mehnat qilgan, ayni paytda esa sharafli dam olishda bo‘lgan nuroniy onaxonlardan xabar oldi.
Tuman hokimining o‘rinbosari G.Seytnazarova onaxonlar bilan samimiy suhbatlashib, nuroniylar doimo davlatimiz e’tiborida ekanini ta’kidladi. Ular ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini tilab oq fotiha berdi.


