Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-05-15 14:30:00 / Yangiliklar

Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Bugun Taxtako‘pir tumanida "O‘t yara" kasalligining tabiiy o‘choqlardan tarqalishining oldini olish, tarqalganda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tuman bo‘g‘ini xizmatlarining birgalikdagi harakatlari mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida kasallik aniqlanganda uni bartaraf etish, tarqalishining oldini olish va zarur epidemiyaga qarshi choralarni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv organlari o‘rtasidagi hamkorlik, ularning kuch va vositalaridan samarali foydalanish amaliyotda namoyon bo‘ldi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - tumanda epidemik va epizootik holatlarning barqarorligini ta’minlash, "O‘t yarasi" kasalligi bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olishdan iborat.









