Taxtako‘pirda xotin-qizlar uchun “Sayxunobod” tajribasi asosida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi
2025-04-29 14:35:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pirda xotin-qizlar uchun “Sayxunobod” tajribasi asosida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi
Taxtako‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar yo‘l xaritasining 2-bandiga muvofiq, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 6-bosqich "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olingan ishsiz xotin-qizlar uchun “Sayxunobod” tajribasi asosida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi davomida xotin-qizlarga tomorqadan samarali foydalanish, suv resurslarini tejash, yuqori hosildorlikka erishish, issiqxona sharoitida mahsulotlarni parvarishlash va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarini oshirishga qaratildi.






