Taxtaköpir tumanida “Çet tillarini öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi
2026-11-21 16:50:00 / Yangiliklar

Taxtaköpir tumanida “Çet tillarini öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi
Joriy yilning 13-mart kuni tanlovning tuman bosqiçi ötkazilgan bölib, u Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda çet tillarini öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini amaliyotga joriy etiş töğrisida”gi 562-sonli qarori asosida taşkil etilgan edi.
Tanlovda tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga qaraşli 22 ta umumta’lim maktabining 7–9-sinf öquvçilaridan tuzilgan 5 kişilik jamoalar iştirok etdi.
Tanlov yakunlariga köra:
🥇 1-örin — 2-sonli umumta’lim maktabi;
🥈 2-örin — 7-sonli umumta’lim maktabi;
🥉 3-örin — 13-sonli umumta’lim maktabi jamoasi.
Bugun tuman hokimi J. Adilov tanlov ğoliblari bilan uçraşib, öquvçilar, ularni tayyorlagan fidoyi ustozlar hamda ota-onalarni samimiy tabrikladi.
Tadbirda yurtimizda çet tillarini örganiş uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, öqituvçilar mehnatini rağbatlantiriş va yoşlarning til örganişga bölgan qiziqişini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ğoliblarga va ularning ustozlariga pul mukofotlari tantanali ravişda topşirildi.
Ma’lumot uçun:
🥇 1-örin — 100 million söm;
🥈 2-örin — 75 million söm;
🥉 3-örin — 50 million söm miqdorida pul mukofotlari belgilangan.
Mazkur tanlov yoşlarning çet tillarini puxta örganişi, ta’lim sifatini oşiriş va ustozlar mehnatini munosib rağbatlantirişga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.
Ğolib öquvçilar va ularning ustozlari bildirilgan e’tibor va işonç uçun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.









