Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-10-20 18:10:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining raisi Reyov Allayar olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq:
Birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish borasida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek jamoat xavfsizligi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida.
Kun tartibidagi uchinchi masala 2026-yilning 9 oyi davomida Taxtako‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti haqida.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tumandagi ijtimoiy obyektlarning 2026-2027-kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bo‘yicha.
Kun tartibidagi beshinchi masala 2026 yilning 9 oyi davomida Taxtako‘pir tumani hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida.
Kun tartibidagi oltinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2026 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va muammolarni atroflicha tahlil qilish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi yettinchi masala Taxtako‘pir tumanidagi aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalarini 2027-yili ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish haqida.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 oktyabrdagi PQ-347-sonli "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi haqida.
Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala Tumanda 2026-2027-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida "Taxtako‘pirtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida.
Kun tartibidagi o‘ninchi masala Tumanda 2026-2027-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida.
Kun tartibidagi o‘n birinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-48-sonli qarorining tumanda bajarilishi bo‘yicha.
Kun tartibidagi o‘n ikkinchi masala Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining 2026-yilning II choragi daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 101 591 000 (bir yuz bir million besh yuz to‘qson bir ming) so‘m mablag‘ ajratish haqida.
Kun tartibidagi o‘n uchinchi masala Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning III choragi davomida olib borgan ishlari haqida o‘z okruglarida saylovchilarga hisobot berish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









