O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
2026-10-19 12:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
15 oktyabrdan mamlakatimizda biznesni ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10 sentyabrdagi PQ-190-sonli Farmoniga muvofiq, joriy yilning
15 oktyabr sanasidan 30 noyabr sanasiga qadar o‘tkaziladi.
🔵 Ro‘yxatga olish jarayonida quyidagi iqtisodiy birliklar qamrab olinadi:
🔹 yirik, o‘rta va kichik korxonalar, mikrofirmalar;
🔹 nodavlat notijorat tashkilotlari;
🔹 xorijiy korxonalarning doimiy muassasalari va vakolatxonalari;
🔹 yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹 fermer va dehqon xo‘jaliklari;
🔹 oilaviy tadbirkorlar va hunarmandlar;
🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
🔹 ro‘yxatdan o‘tmasdan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa iqtisodiy birliklar.
Ro‘yxatga olish jarayonida qanday ma’lumotlar to‘planadi?
Iqtisodiy birliklarning amaldagi faoliyat manzili, asosiy va qo‘shimcha faoliyat turlari, bandlik holati, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, internet va elektron tijoratdan foydalanish, eksport-import va boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
📱 Ro‘yxatga olish qanday o‘tkaziladi?
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar iqtisodiy birliklarning ish joylariga borib, respondentlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazadi va ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron so‘rovnomaga kiritadi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun census.stat.uz axborot tizimi orqali erkin onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham mavjud.
🔐 Muhim! Biznesni ro‘yxatga olish tekshiruv yoki nazorat tadbiri emas. Taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi qonunchilik bilan kafolatlanadi.
📞 Ro‘yxatga olish bo‘yicha savollar bo‘yicha 1851 qisqa raqamli call-markaziga murojaat qilish mumkin.
✅ Biznesni ro‘yxatga olish natijalari mamlakatimiz iqtisodiyotining haqiqiy holatini baholash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish va manzilli qarorlar qabul qilish uchun muhim axborot manbai bo‘ladi.
Hurmatli tadbirkorlar! Barchangizni ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga va faoliyatingiz haqida aniq, ishonchli
ma’lumotlarni taqdim etishga chaqiramiz.
Har bir ma’lumot rivojlanish uchun xizmat qiladi!
