Jizzax viloyati delegatsiyasi Taxtako‘pir tumanida
2026-10-02 19:05:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati delegatsiyasi Taxtako‘pir tumanida
Bugun Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Azimov boshchiligidagi Jizzax viloyati hamda uning tumanlaridan tegishli soha vakillari ishtirokidagi delegatsiya a’zolari Taxtako‘pir tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Taxtako‘pir tumani hokimligida tuman hokimi J.Adilov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tumanni kompleks rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli soha va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida Jizzax viloyati va tumanlarining bu boradagi tajribasini o‘rganish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, mavjud imkoniyatlarni ishga solish hamda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.






